

Bugun poytaxtdagi mashg'ulotlarning ikkinchi kuni o'tkazilmoqda. Shu jumladan Toshkentda tarkibga yangi o'yinchilarni qo'shilishi ham boshlandi. Ayni paytda Rustam A'zamov, Aleksandr Lupashko va Sobir Usmonxo'jaev ko'rikdan o'tishyapti. Bu futbolchilardan A'zamov bilan Lupashko avval ham "Andijon" safida to'p surishganini aytib o'tish joiz. Ulardan tashqari yana yangi futbolchilarni qo'shilishi kutilmoqda. Toshkentda andijonliklar dastlabki nazorat uchrashuvini 25 yanvar kuni "Mashal"ga qarshi o'tkazishadi.



