- “Navbahor” bilan bo'lib o'tgan o'yin xaqida nima deya olasiz?
- O'yin o'rtoqlik maqomida bo'lsa-da juda keskin ruhda kechdi. Shogirdlarim 3:2 hisobida g'alaba qozonib, stadionga tashrif buyurgan mingga yaqin muxlislarni xursand qilishdi. Jamoamiz hali asosiy tarkibni shakllantirish yo'lida harakat qilmoqda. Muxlislarni oliy liga musobaqalarida xursand qilish maqsadida ko'p izlanishimiz va mehnat qilishimiz kerak.
- Azamat Birodarovich, bugungi kunda klubning oliy ligada qatnashadigan asosiy tarkibi aniqlanib bo'ldimi?
-Yo'q, jamoa endigina qish mavsumidagi birinchi o'quv-yig'inini yakuniga etkazdi. Yigitlarga uch kun dam berganimizdan so'ng navbatdagi yig'inni o'tkazgani Toshkent shahriga jo'nab ketamiz. Toshkentdagi yig'inimiz tayyorgarlikning asosiy bosqichi bo'ladi. Poytaxtdagi mashg'ulotlari davomida “NBU-Osiyo”, “Oqtepa” va yana bir nechta klublar bilan nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirganmiz. Ko'rib turganingizdek bugungi o'yinda Norov, Mageramov, Toyloqov, Sultonov, Xudoyorov va yana ko'p o'inchilarni sinovdan o'tkazdik.
- Jamoaga yangi o'yinchilar taklif etiladimi?
- Mamlakatimiz oliy ligasida to'p suradigan klublarning saviyasi juda baland, shuning uchun Toshkentdagi mashg'ulotlarda bir nechta tajribali legioner futbolchilarni sinovdan o'tkazish niyatimiz bor. U yerda safimizga litvalik ikkita va yana moldaviyalik bir o'yinchi kelib qo'shiladi.
Elmurod ERMATOV suhbatlashdi