Ayol hakam boshqargan o'yinda Lokomotiv M Vengriya klubini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2017, 21:18
Bugun Moskvaning Lokomotiv klubi Ispaniyadagi yig'in doirasida o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Vengriyaning Videoton klubiga qarshi o'tgan bahsni ispaniyalik ayol hakam Beatris Torres Korral boshqarib bordi. Unda Lokomotiv 2:0 hisobida zafar quchdi. O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov uchrashuvda 72 daqiqa o'ynadi.

5 fevral kuni Lokomotiv ushbu yig'in doirasida Yaponiyaning Syonan Belmare klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.


O'rtoqlik uchrashuvi
Lokomotiv - Videoton - 2:0 (1:0)
Gollar:
Maykon, 13 (1:0). Al.Miranchuk, 58 (penalti) (2:0).
Bosh hakam: Beatris Torres Korral
Lokomotiv: Gilerme (Abaev, 46), Peychinovich, Chorluka (Yanbaev, 46), Mixalik (Lapshov, 72), Vitaliy Denisov (Lisov, 72), I.Denisov (Ndinga, 60), Barinov (Galanin, 46), Ignatev (Rotenberg, 65), Al.Miranchuk (Natxo, 60), Kasaev (Portnyagin, 46), Maykon (Galadjan, 68)
Videoton: Zeldeshi, Seyben, Peleshkey, Feyes, Varga, Kovash, Lenart, Simon, Gereshi, Barchi, Bevardi
3 fevral 2017. Ispaniya, Marbelya. Municipal stadioni


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia