"Ayntraxt" o'z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasida o'ynaydi. Jamoa Bundesligada 11-o'rinni olgandi

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2022, 08:55
Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasi o'z tarixida ilk marta Chempionlar ligasida o'ynaydi.

Nemis jamoasi kecha Yevropa ligasi finalida "Reynjers"ni mag'lubiyatga uchratdi. 

Qayd etish lozimki, "Ayntraxt" 1959/60 yilda Yevropa chempionlari kubogida o'ynagan va finalgacha yetib borgan. Hal qiluvchi o'yinda "Real"ga 3:7 hisobida yutqazgan. 

1992 yildan keyin, turnir Chempionlar ligasi nomini olganidan so'ng jamoa hali ushbu musobaqada qatnashmagan. 

Frankfurtliklar Bundesliganing ushbu mavsumini 11-o'rin bilan tugatishdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia