Ayni damda APLning eng yomon darvozaboni kim ekanligini bilasizmi?

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020, 16:45
"Chelsi" posboni Kepa Arrisabalaga yo'llangan zarbalarni qaytarish borasida eng yomon natijani qayd etmoqda.

"Utd Arena" hisobotiga ko'ra, posbon o'z darvozasi tomon yo'llangan 55,4 foiz zarbanigina qaytara olgan holos. Bu APLdagi eng yomon natija hisoblanadi. Ayni damda u seyvlar borasida Yevropa chempionatlarida ishtirok etayotgan darvozabonlar ro'yxatida 127-o'rinda turibdi.

Ushbu mavsumda Kepa APLning 22 o'yinida 29 gol qo'yib yubordi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilga qadar amal qiladi. "Chelsi" Kepani 2018 yilda "Atletik"dan 80 mln evro evaziga xarid qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Utd Arena