"Ayaks" ustozi van de Bekning "Real"ga o'tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Eldor Akmurzayev
2 avg 2019, 23:20
Ayaks bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa yarim himoyachisi Donni van de Bek haqida gapirdi.

Avvalroq, mazkur futbolchining transferi borasida Real kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik

“O'tgan mavsum aql bovar qilmas o'sishga erishdik. Shu bois van de Bekni yo'qotishni istamaymiz. Donnini Ayaksda qoldirish uchun barcha ishni qilib ko'ramiz. Biroq, Realdek jamoa unga qiziqish bildirayotganidan keyin uni ushlab qolish qiyin bo'ladi”, – deya qayd etgan murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: De Telegraaf