"Ayaks" - "Tottenxem" uchrashuvida nemis hakamlari ishlaydi

Aslanov Jasurbek
6 may 2019
UEFA rasmiy sayti "Ayaks" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final javob o'yinini boshqaradigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

Bahs Feliks Brix boshchiligidagi nemis hakamlari brigadasiga topshirildi. Qanotlarda Mark Borsh va Shtefan Lupp ishlashadi. Videoassistentlar - Bastian Dankert va Marko Fritc. To'rtinchi referi Deniz Aytekin.

"Ayaks" - "Tottenxem" bahsi 8 may kuni Amstyerdamdagi "Yoxan Kruiff Arena"da bo'lib o'tadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 1:0 hisobida Gollandiya klubining g'alabasi bilan yakunlangan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA