Avstraliyalik futbolchi "Bunyodkor" bilan o'yindan oldin nimadan umidvor?

Narzulla Saydullayev
10 mar 2018, 08:57
"Bunyodkor" bilan derbi arafasida "Paxtakor"ning avstraliyalik yarim himoyachisi o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

- Birinchi uchrashuvda "So'g'diyona" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoaning o'ziga ishonchi ortdi. Biz mavsum boshida muhim yutuqqa erishdik. "Bunyodkor" bilan o'tadigan derbi keskin uchrashuvga aylanadi. Umid qilamanki, stadionda ishqibozlar ajoyib muhitni yuzaga keltirishadi. Biz esa o'zimizning yaxshi o'yinimizni namoyish etishga intilamiz, - deb fikr bildirdi Griffits.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz