

7 ta o'yindan so'ng 9 ochko jamg'argan BAA terma jamoasi o'z imkoniyatlarini keskin tushurib yubordi. Shu sababdan ham mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mahdi Ali iste'foga chiqarildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu murabbiy BAAning "oltin avlodi" bosh murabbiyi hisoblanadi.
Aynan uning qo'l ostida BAA yoshlar terma jamoasi Osiyo chempioniga aylangan. Shuningdek, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasini Toshkentda 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan holda Rio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.



