

“Torino” klubi hujumchisi Andrea Belotti faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin. “Atletiko” Italiya terma jamoasi a'zosi uchun 35 mln evrodan voz kechishga tayyor.
Avvalroq “Torino”ning Belotti transferidan 100 mln evro ishlab olmoqchiligi ma'lum bo'lgandi. Biroq 25 yoshli hujumchi klub bilan yangi bitim tuzishni xohlamayapti. Bu esa uning transfer narxini kamaytirishga yordam berishi mumkin.



