"Atletiko" "Yuventus"ning Morata borasidagi 20 mln evrolik taklifini rad etdi

Alisher
31 may 2022, 12:20
"Atletiko" "Yuventus"ning hujumchi Alvaro Morata borasidagi taklifini rad etdi.

29 yoshli ispaniyalik futbolchi agar taklif ko'tarilsa, hali ham Turin klubi tarkibiga o'tishi mumkin.

"Yuventus" Moratani 2020 yilda ikki mavsumga 20 million evroga ijaraga olgandi. Forvard bu vaqt davomida 92ta o'yinda 32ta gol urishga erishdi.

Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport