

"Kolfoneros" "Jirona"dan Artyom Dovbik bilan shartnoma imzolay olmaganidan so'ng 28 yoshli Serlotga e'tiborini qaratdi. "Sariq suv osti kemasi" forvardining tovon puli 40 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Serlot o'tgan mavsum La Ligada to'purarlar poygasida Artyom Dovbikdan bitta kam gol urgan holda ikkinchi o'rinni egalladi.



