"Atletiko" va "Inter" Arambarri uchun kurashadi

3 iyun 2020, 23:39
El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Xetafe" yarim himoyachisi Mauro Arambarri yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Takidlanishicha, "Atletiko" (Madrid) va "Inter" (Milan) klublari xavbek uchun asosiy da'vogar hisoblanishadi. Shuningdek, "Monako" ham 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo monegasklar Urugvay terma jamoasi a'zosining shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini (25 million evro) to'lay olishiga shubha bor.

"Inter" ikki o'yinchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda

O'xshash yangiliklar


Manba: El Mundo Deportivo