"Atletiko" va "Inter" Arambarri uchun kurashadi

El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Xetafe" yarim himoyachisi Mauro Arambarri yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Takidlanishicha, "Atletiko" (Madrid) va "Inter" (Milan) klublari xavbek uchun asosiy davogar hisoblanishadi. Shuningdek, "Monako" ham 24 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo monegasklar Urugvay terma jamoasi a'zosining shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini (25 million evro) to'lay olishiga shubha bor.

"Inter" ikki o'yinchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda


Manba: El Mundo Deportivo