

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" forvardni jamoada saqlab qolmoqchi va fransiyalik bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "Barselona" bilan kelishuvga ko'ra, ko'k-anorranglilar futbolchi va "Atletiko" o'rtasidagi muzokaralarga aralashmaydi, biroq agar Grizmann yangi bitimni imzolashdan bosh tortsa, "matraschilar" rahbariyati bu haqda "Barselona" vakillariga ma'lum qilishadi. Shunday qilib, agar Grizmann "Atletiko"ni tark etishni istasa, ko'k-anorranglilar ustunlikka erishadi.



