"Atletiko" to'xtamayapti, ular endi "Barselona" futbolchisi bilan kelishib olishdi

Tolibjon Qosimov
14 avg 2024, 17:56
Yozgi transfer oynasida ancha faol bo'layotgan "Atletiko" yana bir kelishuvni amalga oshirishga yaqin turishibdi.

Markaziy himoyachi Kleman Langle "Barselona"dan "Atletiko"ga o'tishi mumkin.

"COPE"ning ma'lum qilishicha, fransiyalik himoyachi va Madrid klubi o'zaro kelishuvga erishgan.

Ayni paytda "Atletiko" maoshlar daftarchasidan joy bo'shatish uchun bazi futbolchilarini sotishni mo'ljallamoqda.

Keltirilishicha, "Vilyarreal" ham Langle bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo futbolchi "matraschilar" variantiga urg'u bermoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: COPE