"Atletiko" Suares atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

Alisher
29 avg 2020, 10:20
"Barselona" hujumchisi Luis Suares Kataloniya klubidan ketishga yaqin.

AS'ning ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchiga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Klub hali futbolchi borasida taklif tayyorlamagan, ammo forvard atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. "Atletiko" uni xarid qilinishi mumkin bo'lgan ehtimoli markaziy hujumchilar ro'yxatiga kiritdi.

Bitimga to'sqinlik qiladigan yagona narsa - Suaresning maoshi. Hujumchi madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeoneni "Liverpul"da o'ynagan paytida beri o'ziga jalb qiladi va mutaxassis uni kuzatir boradi.

Qayd etish kerakki, "Atletiko" Suares bilan faqatgina u erkin agent bo'lganidagina shartnoma imzolashi mumkin. Bundan tashqari "roxiblankos" tarkibini Diego Kosta tark etishi kerak. Agar bu ro'y bermasa, bitimni yakunlash deyarli imkonsiz.

Suaresning atrofidagi voqealar rivojlanishini shuningdek PSJ, "Yuventus" va "Ayaks" klublari kuzatmoqda.

Oldinroq, "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman telefon qo'ng'irog'i orqali urugvaylikka ishonch bildirmasligini ma'lum qilgan edi.

Suares yakunlangan mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: as.com