"Atletiko" Shomurodovning jamoadoshiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024
Diego Simeone jamoasi "Kalyari" yarim himoyachisi Naitan Nandesni kuzatib bormoqda.

Italiyaning "Kalyari" klubi yarim himoyachisi Naitan Nandesga Madridning "Atletiko"sidan qiziqish mavjud, deb xabar berdi "Mística Uruguaya".

Xabar qilinishicha, 28 yoshli urugvaylik futbolchining atrofidagilar "Atletiko"ning qiziqishlarini tasdiqlashgan, ular Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi uchun "Inter" bilan raqobatlashishi kerak.

Naitan Nandes joriy mavsum "Kalyari" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Ma'lumot uchun, "Kalyari" jamoasida O'zbekiston MTJ sardori Eldor Shomurodov ijara asosida to'p tepadi. U joriy mavsum 13 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golga assistentlik qildi. Hozirda hujumchi milliy terma jamoa bilan Qatarda bo'lib turibdi, ammo jarohati bois yakuniy qaydnomadan tushib qolishi mumkin. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mística Uruguaya