"Atletiko" Ronaldu uchun Grizmanndan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
23 iyul 2022, 23:55
"Atletiko"dagilar futbolchi Antuan Grizmann bilan hamkorlikni to'xtatishga tayyor turibdi.

"The Times" xabariga ko'ra, Madrid klubi "Manchester Yunayted"dan Krishtianu Ronalduni transfer qilmoqchi. Shunday bo'lgan taqdirda klubdagilar boshqa futbolchilarning maoshini tushirishi kerak bo'ladi. 

Grizmann esa PSJga taklif qilingan, biroq hozircha ular tayinli javob berishmagan.

Fransiyalik futbolchi "Atletiko"da ijara asosida o'ynamoqda. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "matraschilar" uni sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times