

"Real"ga qarshi uchrashuvning 64 daqiqasida "Atletiko" to'pni autdan o'yinga kiritayotgan edi, o'sha vaqtda Korrea "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerni tirsagi bilan ko'kragiga engil zarba berdi. Bosh hakam Xesus Xil Mansano tezda forvardga qizil kartochka ko'rsatdi.
"Atletiko"dagilar bu jazoni adolatsizlik deb hisoblashmoqda va shu sababli apellyaciya qo'mitasiga murojaat qilishmoqchi. Qoidaga ko'ra, Korrea 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan.



