

Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi 28 yoshli argentinalik futbolchini qishki transfer oynasida sotishga taraddud ko'rmoqda. "Atletiko" Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022dan so'ng xavbekni foyda bilan sotishga umid qilmoqda.
de Paul joriy mavsum 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.



