“Atletiko” Oblakning maoshini oshirib, tovon pulini 200 mln evrogacha ko'taradi

29 may 2018, 08:50
“Atletiko” darvozabon Yan Oblakni saqlab qolish niyatida.

Hozirda futbolchiga PSJ va “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Madridliklar sloveniyalik golkiperning ish haqini jiddiy oshirgan holda uning uchun tovon puli miqdorini 200 mln evrogacha ko'tarishmoqchi.

Oblakning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, bitimda 100 mln evrolik tovon puli belgilab qo'yilgan.

Yan Oblak yakuniga etgan mavsumda La Liganing qatorasiga uchinchi bor eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS