"Atletiko" Grizmanning jarohati haqida xabar qildi

Alisher
14 dek 2021, 18:28
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann lazaretga yo'l oldi.

Fransiya "Real"ga qarshi o'yinni jarohati sabab oxirigacha etkaza olmadi.

"Atletiko" rasmiy sayti Grizmann MRTdan o'tganini xabar qildi. Tekshiruv hujumchi o'ng son mushaklari jarohatini ko'rsatdi. Antuan davolanadi, uning qachon qaytishi haqida ma'lumot yo'q.

Antuan Grizmann 2021/22 yilgi mavsum "Atletiko" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.

"Atletiko" ayni damda La Liga jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com