"Atletiko" forvardi Dembele mashg'ulot paytida hushini yo'qotdi. Uning qon bosimi tushib ketdi

Alisher
24 mar 2021, 09:01
"Atletiko" forvardi Mussa Dembelega mashg'ulot paytida shifokorlarning ko'magi kerak bo'ldi.

Futbolchi hushini yo'qotdi. Keyinroq ma'lum bo'ldiki, bu qon bosimining kamayishi bilan bog'liq.

"Uning hayotiy ko'rsatkichlari normal holatda va u kuzatuvga olingan", - deyiladi "Atletiko" xabarida.

Mashg'ulotdan so'ng Dembele o'z mashinasi ruliga o'tira oldi va uyiga ketdi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: as.com