"Atletiko" Buffon bilan shartnoma imzolashga tayyor

Alisher
12 iyun 2021, 14:11
Tajribali italiyalik darvozabon Janluiji Buffon ispan grandlari o'rtasida talabga ega bo'lmoqda.

43 yoshli futbolchi bilan Madridning "Atletiko" klubi shartnoma imzolamoqchi.

Buffon "Barselona"ning taklifini rad etganiga qaramay, "ko'k-anorranglilar" darvozabonga qiziqishni saqlab qolishgan.

"Qariya" uchun yana bir da'vogarlardan biri "Parma"dir, Jiji professional faoliyatini ushbu klubda boshlagan.

Buffon mavsum so'nggida Turinning "Yuventus" klubidan ketdi. Posbon ayni damda erkin agent maqomida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb