"Atletiko" "Betis" himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda

14 fev 2020, 01:10
Mandi faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin.

"El Gol Digital" nashri xabariga ko'ra, "Betis" markaziy himoyachisi Aissa Mandi yozda "Atletiko"ga ko'chib o'tishi mumkin. So'nggi vaqtlarda "matraschilar" mudofaasida yuzaga kelgan muammolar tufayli jamoa ustozi Diego Simeone 28 yoshli jazoirlik futbolchini xarid qilishni xohlamoqda.

"Transfermarkt" portali xabariga ko'ra, Mandining transfer bahosi 16 million evroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, Aissa Mandi joriy mavsum 19 o'yinda maydonga tushib, 8 marta sariq kartochka bilan jazolagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Gol Digital