"Atletiko" "Al Nassr" a'zosiga davogar

Sherzod Nurmatov
14 avg 2025
"Atletiko" "Al Nassr" yarim himoyachisi Otaviuga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, Madrid klubi hozirda Saudiya Arabistonida to'p tepayotgan 30 yoshli futbolchini sotib olmoqchi. Ma'lum qilinishicha, unga "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o'zi qiziqmoqda.

Otaviu o'tgan mavsum barcha turnirlarda 40 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes