
Bu haqida UOL xabar bermoqda. Manbaning yozishicha, futbolchi transferiga Qatarning "Al Sadd", Rossiyaning SSKA, Angliyaning "Bernli" va Ispaniyaning "Malorka" klublari qiziqmoqda. Aytilishicha, yaqin vaqtlar ichida futbolchiga aniq shartnomalar taklif qilinadi.
Bu mavsum 28 yoshli braziliyalik barcha musobaqalarda 27 o'yinda ishtirok etib, 5 ta samarali uzatma etkazib berdi.