"Atalanta" "Milan" futbolchisini transfer qildi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 16:17
"Milan" himoyachisi Mattia Kaldara "Atalanta"ga o'tdi.

Bergamo klubi 25 yoshli futbolchini 1,5 yilga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Ushbu mavsumda Kaldara "Milan" tarkibida birorta o'yinda qatnashmadi.

Oktyabr oyida u chap oyog'i tizzasidan olgan jarohatidan forig' bo'lgandi. Ushbu jarohat bois u yarim yilni lazaretda o'tkazgandi.

Qady etish kerak, o'tgan 1 yarim yil davomida Kaldara "Milan" libosida birorta o'yinda qatnashmadi. Uning A Seriyadagi so'nggi o'yini 2018 yilning 20 may kunida "Atalanta" tarkibida qayd etilgandi.

Kaldara - "Atalanta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yilda u "Yuventus"ga o'tgandi. 2018 yilda "Milan" futbolchisiga aylandi. O'shanda u Leonardo Bonuchchiga almashtirilgandi. Ikki futbolchi ham o'shanda 35 million evroga baholangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan