"Aston Villa" Vlaxovichni sotib olish niyatida

Sherzod Nurmatov
9 may 2023, 15:28
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Football Insider" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 23 yoshli serbiyalik futbolchiga "Aston Villa" da'vogarlik qilmoqda.

Vlaxovich joriy mavsum 38 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 75 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider