“Aston Villa” ustozi Grilish haqida ma'lumot berdi

Eldor Akmurzayev
2 mar 2021, 20:35
“Sherlar” bosh murabbiyi Din Smit jamoa sardori Jek Grilishi hali ham tiklanish jarayonlarini olib borayotgani haqida gapirdi.

“U hali tayyor emas, shu sababdan u biz bilan Sheffildga uchmaydi. Bundan juda ham ranjidik, chunki Grilish jahon darajasidagi o'yinchi, jamoa u bilan yaxshiroq o'ynaydi. Biroq, jarohatlar futbolning bir qismi. U hali hamon ma'lum harakatlarda noqulaylikni his etmoqda. Bu o'tib ketgach esa Jek darhol mashg'ulotlarga qo'shiladi.

“Aston Villa” bir o'yinchiga bog'lanib qolgan jamoa ekanligi va Grilishsiz g'alaba qozonolmasligimiz haqida ko'p gapirishdi. Ammo men o'z futbolchilarimga qattiq ishonaman”, deydi Smit.

“Aston Villa” chempionat joriy mavsumida 24 o'yin o'tkazib, 39 ochko to'plagan holda 9-o'rinda bormoqda. Grilish esa 22 bahsda qatnashib, 6+10 natija ko'rsatib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports