"Aston Villa" Luisni 110 mln funtga sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
7 dek 2023, 13:50
"Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luis uchun narx belgiladi.

Bu haqda "Football Transfers" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, summa 110 million funt (128 million evro)ni tashkil qiladi. Futbolchiga "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli Luis 2019 yilning iyulida "Siti"dan "Aston Villa"ga o'tgandi. Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda.

Luis joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Transfers