"Aston Villa" bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi

Khoja
1 iyul 2025, 10:40
"Aston Villa" bir qator futbolchilari jamoadan ketganini e'lon qildi.

Robin Ulsen va Kortni Xosningning shartnomasi yakunlandi va ular jamoani erkin agent sifatida tark etishdi.

Shuningdek, o'tgan mavsum jamoa safida ijarada o'ynagan Markus Reshford, Marko Asensio, Aksel Diasasi kabi futbolchilar sobiq jamoalariga qaytishgan.

Avvalroq, "Aston Villa"da moliyaviy qiyinchiliklar bor ekanligi va shu sababli bir nechta yetakchi futbolchilarni sotuvga qo'ygani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com