

"Aston Villa" "Barselona" vingeri Ferran Torres va "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Marca".
"Sherlar" har ikki futbolchi uchun jami 100 million evrodan ko'proq pul ishlatishga tayyor.
Avvalroq "Yuventus" Vlaxovichni sotish niyatida emasligini ma'lum qilgandi. Kataloniyaliklar esa Torres bilan xayrlashishga tayyorligi hammaga ma'lum. Biroq ispaniyalik futbolchi klubni tark etishni istamayapti.
Avvalroq "Barselona" direktori "Aston Villa"ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.



