Asror Aliqulov: "Oxirigacha kurashishni maqsad qilganmiz"

Administrator
25 okt 2023, 19:54
Pro liganing 22-turidan o'rin olgan "Mashal" – "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.

- Barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. O'yindan avval "Xorazm" yopiq o'yin namoyish etishini kutgandik. Shu sababdan ko'proq qanotlar orqali hujum qilishni maqsad qilgandik va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdik, ammo raqib zich himoyalandi va vaziyatlardan unumli foydalanishga imkoniyat bermadi. Ikkinchi bo'limda ham o'yin ssenariysi o'zgarmadi. Biz ikkinchi bo'limda gol urdik va hisobda oldinga chiqib oldik. G'alaba baribir g'alaba.

- Katta ehtimol bilan keyingi mavsumda ham "Mashal"da qolasiz? Jamoaning o'yin uslubiga va sizning g'oyalaringizga mos keladigan futbolchilarni jamoaga jalb etishi niyatingiz bormi?

- Albatta. O'zingiz ko'rdingiz mavsum davomida turli xil jamoalarga qarshi o'ynadik. Kimdir zich himoyalanib oladi, Kimdir esa yuqori pressing qo'llaydi. Individual mahorati kuchli futbolchilarni jamoaga jalb etish maqsadimiz bor.

- O'tish uchrashuvida "Sho'rtan"ga jamoasiga o'yin o'tkazadigan bo'ldik. Voha derbisidan nimalar kutmoqdasiz?

- Derbida ishtirok etish har doim og'ir va o'tish o'yinlarida xato kechirilmaydi. Oxirigacha kurashishni maqsad qilganmiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia