Asror Aliqulov: “Oldinda qiyin bahslar bor”

Narzulla Saydullayev
21 okt 2019
A Pro-liga 25-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Istiqlol" (2:0) uchrashuvidan keyin “gazchilar" bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.

Biz og'ir bahs bo'lishini oldindan kutgan edik. Jamoamiz ancha yosh, ular hayajonni enga olashadimi degan hayol ham bor edi. Raqibimiz qarshi hujumda faol harakat qiladi ular himoyasini yorib o'tish kerak edi va buni uddaladik. Birinchi bo'limda imkoniyatlardan unumli foydalandik va gol urdik. Ikkinchi bo'limda biroz faollikni yo'qotdik bir kishi kam bo'lib qolganimizdan keyin himoyalanishga majbur edik. Bu bahs muhlislarimizga ham yoqdi deb o'ylayman. Yigitlarga bugungi o'yin uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman.Ular bu uchrashuvda borlarini berishdi. G'alaba qozongan bo'lsakda hali oldinda qiyin bahs turibdi. O'ylaymanki keyingi uchrashuvlarda ham bugungidek faol harakat qilamiz va o'z maqsadimizga erishamiz.

Bunyod Andaev yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz