Aspilikueta: "Barselona" har qanday vaziyatda nima qilishni biladi"

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018, 12:13
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri to'p tepadigan jamoaga qarshi o'ynash qiziq. "Barselona" har qanday vaziyatda nima qilishni biladi. Messini qanday to'xtatamiz? Orzuimizdagi o'yinni o'tkazishimiz, bir butun bo'lishimiz kerak. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Lionel - umuman boshqa darajadagi futbolchi.

"Chelsi" ko'p narsani o'rganadigan yilni o'tkazmoqda. O'tgan mavsumda, masalan, biz evrokuboklarda ishtirok etmadik. Faqat mahalliy turnirlarda qatnashdik. "Chelsi" Premer-ligada g'olib chiqdi, Angliya Kubogi finaligacha bordi. Bu mavsum oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz" - deydi Aspilikueta.

"Chelsi" va "Barselona" 20 fevral va 14 mart kunlari Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlarini o'tkazishadi. Birinchi bahs Londonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS