Asensio: "Real"da qolamanmi? Bilmayman..."

Alisher
7 may 2023, 16:47
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio o'zining klubdagi kelajagiga ishonchi komil emasligini aytdi.

Uning madridliklar bilan kelishuvi shu yozda yakuniga etadi.

"Real"da qolamanmi? Bilmayman", - deya o'yinchining so'zlarini keltirdi insayder Fabricio Romano.

Asensio joriy mavsum "Real" safida 45ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 8ta assist qayd etdi.

"Real" o'zining eng yaqin o'yinini 9 may kuni CHL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano