Asensio "Real"da qoladi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2022, 17:02
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub Marko Asensioga yangi shartnoma taklif qilishga tayyorligini aytdi.

"Asensio undan nima istashimizni biladi. O'ylaymanki, qishki tanaffusda klub u bilan yangi kelishuvni muhokama qiladi. Marko asosiy tarkibda barqaror o'ynamasa-da, ko'p mehnat qilyapti", – dedi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, xavbekning "qirollik klubi" bilan amaldagi bitimi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Asensio "Real"da 2015 yilning iyulidan beri to'p tepadi. Marko joriy mavsum La Ligada 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca