

“Men “Real”da qolib jamoa tarkibida ko'proq maydonga tushishni maqsad qilganman. Niyatim asosiy tarkib futbochlisiga aylanish. Shunday vaqtlar bo'ldiki, men maydonga tushmadim, ammo o'zimga berilgan kichik imkoniyatdan ham samarali foydalanishga urindim. Men zaxirada o'tirishga o'rganmaganman. Tinimsiz mehnat qildim va mavsumni yaxshi yakunladim, deb o'ylayman”.
Xabarlarga ko'ra, “Real” Asensioni “Liverpul”ga 50 million evroga sotishga rozi bo'lmagan. Yakuniga etgan mavsumda 21 yoshli futbolchi jamoa tarkibida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga chiqib, 9 ta gol urdi va 4 ta golga hammualliflik qildi.


