Asensio: "Kamtar bo'lib qolishim kerak"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2017, 15:54
"Real" va Ispaniya yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Marko Asensio Makedoniyaga qarshi bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionati bahsi haqida fikr bildirdi.

Asensio uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Birinchi bahs og'ir o'tishini bilgandik, chunki turnirni yaxshi boshlash juda muhim. Ispaniya ajoyib futbol namoyish etdi. O'zim uchun xursandman, ammo birinchi navbatda - jamoa uchun. Endi Portugaliya haqida o'ylashimiz kerak, chunki turnir juda qisqa va mag'lubiyatga haqqimiz yo'q.

Maqtovlar boshni aylantirib qo'ymasligi kerak, kamtar bo'lib qolishim lozim. Hammasini jamoam uchun bajaryapman" - deydi Asensio.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana