AS. Karim Benzema “Real Madrid”ni tark etishga yaqin

Alisher
31 may 2023, 08:12
AS nashrining ma'lum qilishicha “Real Madrid” sardori Karim Benzema yozda jamoani tark etadi.

35 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistonidan taklif bor. Futbolchiga arabistonliklar soliqlarsiz 2 mavsum uchun 200 million dollar to'lashga rozi. Shuningdek, futbolchi Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misrning JCH-2030 mezbonligi uchun ariza elchisi sifatida katta mablag' ishlab olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

 Benzema “Qirollik klubida” 2009 yildan beri harakat qilib keladi. U joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 18 marta raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS