Artyom Filiposyan "Lokomotiv"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
30 may 2014, 17:15
Xitoy superligasining "Lyaoning Xongyun" klubi himoyachisi Artyom Filiposyan O'zbekistonga qaytmoqda.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchi Toshkentning "Lokomotiv" klubi safiga qo'shilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Filiposyan shu yil boshida Xitoyga ketgandi. Hozirgi klubi safida atiga 4 bor maydonga tushdi.

O'z vaqtida himoyachi "Mashal", "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari sharafini himoya qilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia