Arturni “Yuventus”ga o'tishga kim ko'ndirgani ma'lum bo'ldi

4 iyul 2020, 09:40
Artur transferida yana bir braziliyalikning qo'li bor ekan.

“Barselona” va “Yuventus” klubi sobiq a'zosi Dani Alves vatandoshi Arturning Turin klubiga o'tishida yordam bergan. Avvaliga Artur “Yuventus”ga o'tishdan bosh tortgan. Shundan so'ng Alves Artur bilan bir necha bor suhbatlashgan. Keyin esa futbolchi “Yuve”ga o'tishga rozilik bergan.

Bundan tashqari Turin klubida to'p tepayotgan Duglas Kosta va Aleks Sandro ham Arturni Italiyaga ko'chib o'tishga undagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN