Artur “Yuventus”ga yana “yo'q” dedi

10 iyun 2020, 08:54
Futbolchi Kataloniyadan ketmoqchi emas.

Artur Melo “Yuventus”ning navbatdagi taklifini rad etdi. Futbolchi “Barselona”da qolishni xohlamoqda. Turin klubi futbolchiga yaxshigina maosh taklif etgan, biroq Artur bunga rozi bo'lmagan. Braziliyalik Kataloniya klubiga sodiq ekanligini namoyish etmoqda.

Takidlanishicha, Artur transferi amalga oshmagach, “Yuventus” bor e'tiborini “Fiorentina” yarim himoyachisi Gaetano Kastrovilliga qaratgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport