

Terma jamoamiz sardori Artur Yunusovning qur'a haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Muhimi "o'lim guruhi"ga tushmadik, bundan ham xavfliroq raqiblar tushishi mumkin edi. Portugaliya juda kuchli jamoa, o'zim Rikardinoga qarshi o'ynashni istagan edim, mana qur'a buni ro'yobga chiqardi. Kolumbiya musobaqa mezboni, ularning o'yin uslubi Janubiy Amerikadagi boshqa jamoalar singari yuqori texnikaga asoslangan. Panama haqida esa hech narsa bilmayman. Ularning o'yinlarini internet orqali ko'rib chiqish kerak", - deb aytib o'tdi Yunusov.



