

2016 yili Artur Gevorkyan uchun omadli bo'ldi.
Gevorkyan yil boshida "Nasaf" bilan O'zbekiston Superkubogiga ega chiqdi. Keyinchalik ikkinchi davrada "Lokomotiv"ga o'tdi va O'zbekiston Kubogi va O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'ldi.
Bir kalendar yil bo'yicha hali hech bir futbolchi ushbu uchala sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lmagandi. Artur Gevorkyan bu borada ilk futbolchiga aylandi.




