Artur Ispaniyaga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
27 iyul 2025
Artur yana Ispaniyaga qaytishi mumkin.

"Yuventus" yarim himoyachisi "Betis" bilan muzokaralar olib bormoqda va u bilan deyarli kelishib bo'lgan. Shuningdek, braziliyalik futbolchiga Qatar klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchi Yevropada qolishni istamoqda.

Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchining "Gremio"ga qaytishi hozircha ko'rib chiqilmayapti.

Artur 2024/25 yilgi mavsumda "Jirona" safida La Ligada 15 ta o'yin o'tkazdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ge.globo.com