

Braziliyalik futbolchi transfer oldidan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Turinga uchib ketadi.
"Barselona" o'yinchiga Italiyaga yo'l olishga ruxsat bergan. Qayd etish kerakki, Artur "Selta"ga qarshi o'yin uchun tarkibga kiradi va yakshanba kuni tibbiy ko'rik uchun Turinga uchib ketadi.
Arturning "Yuventus"ga, Miralem Pyanichning "Barselona"ga o'tganligi yaqin soatlarda rasman e'lon qilinadi. Ammo bunga qaramay, o'yinchilar mavsumni o'zlarining klublarida tugatib qo'yishadi.
Kecha ma'lum bo'lganidek, Artur 3 oydan so'ng "Yuve"ga o'tishga rozi bo'ldi. Italiyaliklar uning uchun 70+5 mln evro, "Barsa" esa Pyanich uchun 60 mln+bonuslar ko'rishida to'laydi.
Eslatib o'tamiz, Artur "Barselona"ga 2018 yilda "Gremio"dan o'tgan edi. Kataloniya klubi futbolchi uchun 30 million evro to'lagan.



