Arteta Venger qila olmagan ishni uddaladi

Оқил Абдубарноев
22 iyul 2022
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko tez orada "Arsenal" safiga qo'shilishi kutilmoqda.

"Arsenal" ning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar" ning oldingi murabbiyi Arsen Venger qila olmagan ishni amalga oshirdi - Aleksandr Zinchenkoni qo'lga kiritdi.

Transfer rasman amalga oshmagan bo'lsa-da, Zinchenkoning "Arsenal" libosidagi suratlari tarqaldi, shuningdek, klubning "Orlando"ga qarshi o'yiniga tashrif buyurdi. 

Ukraina terma jamoasi sardori 2014 yil Doneckning "Shaxtyor" yoshlar jamoasida o'ynab yurganida, ko'plab Yevropa gigantlarining e'tiboriga tushgandi, "Arsenal" birinchilardan bo'lib o'z taklifini bildirgandi.

O'shanda Venger qo'l ostidagi "kanonirlar" yoshlar jamoasi UEFA Yoshlar ligasi doirasida "Shaxtyor" akademiyasi bilan to'qnash kelishgandi, u yerda fransiyalik mutaxassis Zinchenkoning ajoyib texnik qobiliyatiga guvoh bo'lgandi. Uni o'z safiga qo'shib olishga bo'lgan urinishlarga qaramay, yarim himoyachini qo'lga kirita olmagandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mirror